Asosiy matnga o'tish

Vitamin B12

Ruscha nomi: Витамин В 12

Biomaterial
Venoz qon
Qayerda topshirish mumkin
Klinikada — Jizzax, M. Ulug'bek ko'chasi, 8
Uyda — hamshira chaqirib

Qoralama: matn laboratoriya mudiri tomonidan tekshirilmoqda. Bu yozuv faqat sinov saytida ko'rinadi.

Bu qanday tahlil

B12 vitamini (kobalamin) qizil qon tanachalari hosil bo'lishi, nerv tizimi faoliyati va DNK sintezi uchun zarur. U asosan hayvon mahsulotlari — go'sht, baliq, tuxum, sut orqali kiradi va oshqozonda ishlab chiqariladigan maxsus omil yordamida so'riladi. Tahlil qondagi B12 miqdorini o'lchaydi.

Qachon buyuriladi

  • Umumiy qon tahlilida eritrotsitlar kattalashgan kamqonlikda
  • Qo'l-oyoqlarda uvishish, sanchish, muvozanat buzilishi, xotira pasayishida
  • Vegetarian va vegan ovqatlanishda
  • Oshqozon yoki ichak operatsiyalaridan keyin, gastrit, ichak kasalliklarida
  • Metformin yoki oshqozon kislotasini kamaytiruvchi dorilarni uzoq ichishda
  • Keksa yoshda

Tayyorgarlik

Tahlildan oldin 6–8 soat ovqat yemaslik kerak; oddiy suv ichish mumkin. Ichayotgan dorilaringizni (ayniqsa metformin, omeprazol kabi dorilar, vitamin komplekslari) shifokorga ayting — dorini o'zingiz to'xtatmang.

Natija nimani ko'rsatadi

B12 pastligi tanqislikni ko'rsatadi; u kamqonlik va nerv tizimi buzilishlariga olib kelishi mumkin. Chegara qiymatlarda shifokor qo'shimcha tekshiruvlar (gomotsistein, foliy kislotasi) buyurishi mumkin. B12 yuqoriligi ko'pincha vitamin preparatlarini qabul qilish bilan bog'liq, ba'zan jigar yoki qon kasalliklarida ham uchraydi.

Me'yoriy qiymatlar natija blankasida ko'rsatiladi — ular laboratoriyamiz uskunasi va usuliga mos.

Natija

Natija tayyor bo'lgach, @doctor_akmal_bot orqali PDF ko'rinishida olasiz (chekdagi ID va parol bilan).

@doctor_akmal_bot

Odatda birga topshiriladi

Natijani shifokor bilan birga baholang. Sayt ma'lumoti tashxis o'rnini bosmaydi.

Manbalar

Matn Doctor A tomonidan quyidagi ochiq tibbiy manbalar asosida tayyorlangan.

  1. Vitamin B12 level — MedlinePlus Medical Encyclopedia (NIH)
  2. Vitamin B Test — MedlinePlus (NIH)
  3. Homocysteine Test — MedlinePlus (NIH)

Shu bo'limdagi boshqa tahlillar

  • Fosfor

    Venoz qon

    45 000 so'm
  • Magniy

    Venoz qon

    45 000 so'm
  • Temir (Fe)

    Venoz qon

    45 000 so'm
  • Umumiy kalsiy

    Venoz qon

    45 000 so'm
  • Kaliy (K)

    Venoz qon

    75 000 so'm